Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Dek, 2011

Mirjamolning nikoh oqshomidan navbatdagi fotolar…

Mirjamolning nikoh oqshomiXabaringiz bor 28 noyabr kuni estrada xonandasi Mirjamol uylandi. Mirjamol va Madinabonularning nikoh oqshomi haqida bir qator ma'lumotlar va bir nechta fotosuratlarni ham e'tiboringizga havola qilgan edik. Mana bugun navbatdagi fotosuratlarni qarshi olishingiz mumkin.

Odatda shou-biznes olami vakillarining to'ylari biroz betartib o'tadi. Chunki, bunday nikoh oqshomlarida tashrif buyuruvchi mehmonlar anchani tashkil qiladi. Biroq, Mirjamolning nikoh oqshomidan hammasi joy-joyida va tartibli o'tganligini alohida ta'kidlash o'rinli. To'y ham xuddi shou dasturdek o'tkazildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, so'z navbatiga chiqqanlardan tortib, qo'shiq kuylagan estrada yulduzlariga qadar hammasi mashhur shaxslardan iborat. To'ydan avval ikki yosh maxsus fotojamlanma uchun fotosuratlarga tushishganligi, maxsus videolavha ham suratga tushirilganligi, qolaversa kelgan mehmonlardan yaxshi tilaklar yozib qoldirishlari uchun maxsus tilaklar daftari ishlab chiqilgani ham to'yni, xuddi shou tarzida o'tishiga ozmi-ko'pmi o'z hissasini qo'shdi. Kelgan mehmonlardan maxsus intervyu ham olingan bo'lib, uning boshlovchisi barchamizga tanish Madina Mumtoz bo'ldi. Xullas, ushbu kechada hammaning kayfiyati 100% bo'lganligi aniq! Bugun ushbu kayfiyatni ulashuvchi bir qator fotosuratlarni siz azizlarga havola qilamiz. Fotosuratlar muallifi Shuhrat Usmonovga esa ushbu fotosuratlarni bizga taqdim etganlari uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.

 

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi

Mirjamolning nikoh oqshomi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 2 178 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *