Mirjamoldan muxlislarga ajoyib tuhfa!
Bundan bir qancha vaqt avval biz sizlarga iste’dodli xonanda Mirjamol yangi ota-ona haqida qo’shiq tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik. Endilikda bu qo’shiqni nafaqat FM to’lqinlari orqali tinglashingiz, balki Tv kanallari orqali klipini ham tomosha qilishingiz mumkin. Muxlislari uchun ajoyib tuhfa ham tayyorladi. Qiziqayotgan bo’lsangiz, davomini o’qing!Mirjamol «Ota-ona» taronasiga Alisher Uzoqov rejissorligi ostida operator Narimon To’laxo’jaev tomonidan klip suratga tushirdi. Shuningdek Mirjamol «Jonboz» nomli yangi tarona ham yaratdi. Ushbu qo’shiqni yaratishda u, shoir Timur va bastakor Malikning ijodidan foydalandi. Muxlislari uchun esa, «Men bo’lay» nomli ilk albomini taqdim etadi. Hozirda ushbu albomni sotuv joylaridan harid qilishingiz mumkin.