Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Yan, 2007

Mirjamoldan 2 klip!

Mirjamol«Men bo’lay» deya muxlislar qalbidan joy olgan xonanda Mirjamol yangi 2 tarona yozdi. Qo’shiqlardan biri «Umidimni so’ndirma» deb nomlansa, ikkinchisi «Bilaman-bilaman» nomi ostida dunyo yuzini ko’rdi. Ana endi esa shu taronalarga klip suratga tushiriladi.Siz Mirjamolning «Umidimni so’ndirma» qo’shig’ini allaqachon FM-to’lqinlarida tinglagan bo’lishingiz mumkin. Botir Aliev musiqasi, Temur so’zi bilan ijro etilgan ushbu taronaga ayni kunlarda klip suratga olinmoqda. «Bilaman-bilaman»ga ham Behzod G’ulomov tomonidan kelasi hafta klip tasvirga tushiriladi. Tez kunlarda har ikkala klipni TV orqali tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *