Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Yan, 2011

Mirjamol Yangi yilni ko'chada kutib oldi?!

MirjamolYoshlarimizning sevimli xonandasi Mirjamol 2011 yilni kutilmagan sabablarga ko'ra ko'chada kutib olishga majbur bo'ldi…

Mirjamol yangi yil kechasidagi xizmatlaridan chiqib, o'z xonadoniga qaytayotganida yo'lda kutilmagan voqea yuz berdi. Gap shundaki, Mirjamol avtomashinasini boshqarib ketayotgan chog'ida birdan ilohiy kuch uni to'xtashga majbur qilgan. Mirjamol avtomashinani chetroqqa olib to'xtab, so'ng yo'lida davom etgan. Buni qarangki, bir necha yuz metrdan keyin to'qnashuv sodir bo'lgan ekan… Mirjamol uyiga soat tungi birlarda kirib borgan.
Mirjamolning shaxsiy ijodiga ham to'xtaladigan bo'lsak, hozirda xonanda o'zining g'oyasi asosida sokin ohangdagi tarona ustida bosh qotirmoqda. Qo'shiqning musiqasi deyarli tayyor. Tez orada musiqaga mos she'r yozilib, muxlislar e'tiboriga havola qilinishi rejalashtirilgan.

P.S.: Xonanda Mirjamolni 6 yanvar tavallud kuni yaqinlashib kelayotganligi munosabati bilan unga oilaviy baxt v sog'liq tilab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *