Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Iyul, 2011

Mirjamol va Alisher Uzoqov kino olishyapti!

MirjamolAlisher Uzoqov hamda Mirjamol birgalikda ijodni davom ettirishga qaror qilishdi. Ularni bir nuqtaga tutashritgan mavzu bu yangi film! «Mening akam bo'ydoq» nomli filmda Alisher Uzoqov ilk bor rejissor sifatida ish olib borayotgan bo'lsa, Mirjamolni ilk bor prodyuser sifatida ko'rishimiz mumkin.

Bu ikki ijodkorning ijodiy yo'llarida zafarlar tilagan holda ularning filmlariga oid ma'lumotlarni yetkazib borishga harakat qilamiz. Ishonamizki, yosh ijodkorlarning ilk debyut filmi albatta muvaffaqiyat qozonadi. Yana bir ma'lumotni aytib o'tish mumkinki, bu filmda Mirjamol ham o'zgacha bir qiyofada namoyon bo'ladi. Bu haqda keyinroq batafsil to'xtalamiz.

Mirjamolning ijodiga nazar tashlaydigan bo'lsak, hozirda Mirjamol Eldor Qayumov so'zi va musiqasi, Botir Aliev aranjirovkasi asosida «Yurak uzugi» nomli yangi qo'shiq kuylagan. Ushbu qo'shiqni tez orada xonandaning muxlislari qarshi olishlari mumkin bo'ladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *