Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Okt, 2011

Mirjamol — to'ylar muborak!

MirjamolO'zbek estradasining yosh, ammo anchayin tanilib ulgurgan xonandasi Mirjamol ijodiy yangiliklarni ko'paytirish bilan bir qatorda, shaxsiy hayotdagi yangiliklarni ham ko'paytirib qo'ygan. Bu yangilik barchaning e'tiborini tortishi aniq — Mirjamol uylanmoqda!

Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda Mirjamol noyabr oyining oxirlarida bo'ydoqlar ro'yhatini katta tantana ila tark etadi. Nikoh oqshomi shahrimizning eng ko'zga ko'ringan restoranlarining birida bo'lishi kutilmoqda. Biroq, bu haqda hozircha batafsil ma'lumot berolmaymiz. Ammo, bu kabi shodiyona xabarni birinchilardan bo'lib, sizlarga yetkazishni lozim topdik. O'z o'rnida biz ham SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan Mirjamolni chin dildan muborakbod etib qolamiz. Ulkan zafarlar nafaqat ijodiy hayotda, balki shaxsiy hayotda ham Mirjamolni tark etmasin!  To'ylar muborak, Mirjamol!

 

Mirjamol


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *