Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Sen, 2012

Mirjamol, qizaloq muborak!!!

MirjamolO'zbek estradasida o'z o'rniga ega bo'lgan, ijodkor xonanda Mirjamolning nikoh oqshomi bo'lib o'tgandan so'ng maxsus fotoreportaj bilan sizlarni to'y-tantana quvonchidan voqif etgan edik. Mana bugun yana bir quvonchli xabarni sizga yetkazishga shay turibdi. Mirjamol xonadonida chaqaloq yig'isi eshitildi.

24 sentyabr kuni Mirjamol farzandlik bo'ldi. Mirjamolning ilk farzandi bo'lib, qizaloq dunyoga keldi. Uning ismini esa yaxshi niyatlar ila Muslimabegim deb qo'yishdi. Farzand tavallud topgan kuni Mirjamol hizmatlar bilan yurganligini va hizmatdan so'ng bunday quvonchli xabarni eshitganda boshi ko'kka yetganini ma'lum qildi. Uning quvonchiga biz ham sherikmiz. Ana o'sha kundan buyon Mirjamolni tez-tez tug'uruqxona atrofida ko'rayotganlar talaygina topiladi. Albatta, uning hayotiga quvonch olib kirgan qizaloqni har kuni ko'rishga oshiqadida ota! Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi, san'at ahli va uning muxlislari nomidan Mirjamolni chin dildan muborakbod etamiz. Qizaloq baxtli, doimo sog'-salomat, aqlli-xushli, ota-onasining erkatoyi, rizqli-nasibalik bo'lsin! Uning ota-onasi esa Muslimabegimning rohatini ko'rib yurishsin!

Mirjamol


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 246 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *