Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 May, 2010

Mirjamol nimaga ko'rinmay qoldi?!

MirjamolIste'dodli xonanda Mirjamol hamda Sitora Farmonova ijrosidagi «Bahor-kuz» duet qo'shig'i haqiqiy ma'noda hit darajasiga ko'tarila oldi. Ammo ushbu taronaga ishlangan klip ba'zi bir sabablarga ko'ra TV kanallari orqali taqdim qilinmadi. Ammo shu taronadan so'ng xonanda Mirjamol biroz «yo'q» bo'lib qolgandek go'yo…

Kuni kecha Mirjamolni yangi tashkil qilgan «Mir Rekords» studiyasi yonida uchratib qoldik va biroz u bilan suhbatlashishga muyassar bo'ldik. Mirjamol endilikda o'zini kinorejissor sifatida sinab ko'rishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganini ma'lum qildi. Esingizda bo'lsa «Tundan tonggacha yohud boshi qorong'u» nomli yangi film suratga olinayotgan edi. Mirjamol ushbu filmning suratga olish ishlarida bevosita ishtirok etdi va rejissorlik bo'yicha o'zining bilimlarini oshirishga muvaffaq bo'ldi. Endilikda o'zining filmida o'rgangan bilim va ko'nikmalarini qo'llashga harakat qilishni rejalashtirgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *