Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Okt, 2008

Mirjamol endi tadbirkor!…mi?

MirjamolSo’nggi paytda haddan ziyod ko’p mish-mishlar tagida qolib ketgan xonanda Mirjamol, hozir qayerda va nima ish bilan shug’ullanmoqda? Ushbu savollarga javob barcha-barchaga qiziq albatta. Ammo TV va radio kanallari orqali uning so’nggi taronasi va klipi bo’lmish «Ota-ona» «aylanmoqda». Eshitishimizga qaraganda Mirjamol hozirda tadbirkorlik bilan ham shug’ullanayotgan emish. Bu haqiqatga qanchalik yaqin? Barchasiga oydinlik kiritish maqsadida Mirjamol bilan bog’landik. Darvoqe, tez kunda Mirjamol bilan on-line konferensiya bo’lib o’tadi. On-line konferensiyada ishtirok etish tartibi quyida bayon qilingan…

Mirjamol bilan bog’langanimizda go’shakni uning administratori ko’tardi va hozirda Mirjamol O’zbekiston bo’ylab gastrol safarida ekanligini ta’kidlab o’tdi. Albatta poytaxt Toshkentga qaytganidan so’ng Mirjamol barcha mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida muxlislar bilan internet tarmog’i orqali on-line konferensiya uyushtirishini ma’lum qildi. On-line konferensiya qachon bo’lib o’tishini esa 1-raqamli portal SB.uz portali orqali e’lon qilinishini ham alohida aytib o’tdi.

Aziz foydalanuvchi! Hozirdanoq o’z yahoo messenger dasturingizga mirjamol_sbuz@yahoo.com elektron manzilini hamda Mail Agent dasturingizga esa mirjamol_sbuz@mail.ru manzilini qo’shib qo’ying va siz bevosita on-line konferensiya ishtirokchisiga aylanasiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *