Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Okt, 2008

Mirjamol bilan on-line konferensiya natijalari…

MirjamolBir necha kun ilgari portalimiz SB.uz portali orqali iste’dodli xonanda Mirjamol bilan on-line konferensiya o’tkazilishini ma’lum qilgan edik. Mana nihoyat, bugun ushbu on-line konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya davomida barcha-barcha mish-mishlarga oydinlik kiritildi. Qiziqayotgan bo’lsangiz, davomini o’qing va on-line konferensiya davomida tushirilgan suratlarni tomosha qiling!

On-line konferensiya va’daga muvofiq 15:00da o’z faoliyatini boshladi. Avvaliga Mirjamolning bor yo’g'i 2 ta muxlisi suhbat qurishni boshladi. Asta-sekinlik bilan boshqa-boshqa muxlislar ham kirib kelishdi. On-line konferensiya boshlanganidan 10 daqiqa o’tar o’tmas 10 dan ziyod muxlislar kirib, suhbat qurishayotgan edi. Bir yoqda telefonlarga javob berib ulgurmay, kompyuter orqali ham muxlislarining barcha savollariga javob qaytarishga harakat qildi. On-line konferensiya davomida Mirjamol haqidagi barcha mish-mishlarga oydinlik kiritildi.
1. Mirjamolning kliplarida suratga tushgan qizning ismi Nigina. U shunchaki Mirjamolning yaqin insoni va singlisi. Lekin sevgan yori emas.
2. Mirjamolning ilk albomi muxlislarning talab va istaklariga muvofiq yana bir nechta nusxada sotuvga chiqariladi.
3. Mirjamol hozirda ham xonandalik sohasi bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Hech qanday tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgani yo’q!
Umuman olganda on-line konferensiya juda ko’tarinki ruhda o’tdi. Barcha qatnashgan insonlarga Mirjamol o’z minnatdorchiligini bildiradi. Endi keling fotosuratlarni tomosha qiling.

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

On-line konferensiya poytaxtimizning «Amir Temur» ko’chasida joylashgan «TransNET» internet kafesida bo’lib o’tdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *