Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Avg, 2011

Mira «Jonim» guruhini nega tark etdi?

Mira Jonim guruhiHamma joyda gap-so'z bo'lib borayotgan «Jonim» guruhi a'zosi Mira Fatullaevaning guruhni tark etishiga sabab nima ekanligini bilish maqsadida biz Mira bilan bog'landik. Xo'sh, guruhdan Mira nima sababdan chiqib ketdi va endilikda u nima bilan shug'ullanishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan?

Quyida Mira bilan uyushtirilgan kichik suhbatni e'tiboringizga tortiq etamiz.

SB.uz: Mira «Jonim» guruhini nima sababdan tark etdingiz?
Mira: Aslida, guruhni tark etishni mutlaqo istamagan edim. Guruh tarkibida hali uzoq vaqt ijod qilishni juda-juda istagan edim. Afsuski oilaviy sharoitimga ko'ra guruhni tark etishga majbur bo'ldim.
SB.uz: Endichi, nima bilan shug'ullanmoqchisiz?
Mira: To'g'risini aytganda, Moskvaga uchib ketishim kerak edi. Ammo, ba'zi kutilmagan sabablarga ko'ra bu safar noma'lum muddatga qoldirildi. Endi, balki homiy izlashga harakat qilarman. Chunki, men shou-biznes olamisiz o'zimni kuchli «depressiya»da his etyapman. Demak, guruhni tark etishim va shu holatga tushishim kerak bo'lgan ekan, shunday ham bo'ldi.
SB.uz: Ko'pchilik sizni guruhdan ketishingizga sabab, qandaydir kelishmovchilik bo'lsa kerak degan tahminga borishmoqda…
Mira: Yo'q, hech qanday kelishmovchilik bo'lmadi. Shahzoda bilan ham, «Tarona» jamoasi bilan ham juda iliq munosabatdamiz. Negadir hamma o'rtamizda qandaydir nizo bo'lgan, deb o'ylashadi. Buning bari bo'xton!
SB.uz: So'ng so'z o'rnida nima demoqchisiz?
Mira: Men doimo JONIM bilan, qalbim bilan bu guruhni sevib, qo'llab-quvvatlab qolaman!

Mira Jonim guruhi

Jonim guruhi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *