Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Milliy san’at festivalidan fotoreportaj!!!
18 Yan, 2015

Milliy san’at festivalidan fotoreportaj!!!

Milliy san'at festivaliKecha va bugun «Zarqaynar» majmuasida Milliy san’at festivali bo’lib o’tdi. Mazkur festival davomida O’zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan qo’li gul ustalar o’zlarining mehnat namunalarini namoyish etdilar. Festivalga tashrif buyurganlar turli xil milliy jixozlar va kiyimlarni harid qilishga ham erishdilar.

Mazkur ko’rgazmada milliylikni namoyish etib turadigan turli jixozlarni, kiyimlarni, taqinchoq va suratlarni ko’rishingiz mumkin edi. Ko’rgazmaga tashrif buyurgan tomoshabinlar ham, festivalga mos va xos ravishda milliy kiyimlarda tashrif buyurishganligi e’tiborni tortmay qolmaydi. O’z qo’llari bilan yasagan buyumlarini keng ommaga namoyish etayotganlar orasida «Bojalar» guruhining marhum a’zosi Mo’min Oripovning turmush o’rtog’i Kamola Oripovani ham ko’rish mumkin edi. Kamola ham o’zi yasagan turli ziraklar, taqinchoqlarni mazkur festivalda namoyish etdi. «BMK» nomi ostida tayyorlangan mazkur taqinchoqlarni bir qator festival ishtirokchilari ham qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldilar. «BMK» nima ma’noni anglatishini Kamolani yaxshi taniydigan ko’pchilik biladi. Biroq, biz bilmaganlar uchun buni ma’lum qilishga qaror qildik. «BMK» — bu Bilolxo’ja, Kamola va Mo’min ismlarning bosh harflari olingan. Mana sizga kichik bir ma’lumotni ham yetkazib o’tdik. Kamolaga kelgusi ishlarida omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

Quyida siz azizlar uchun festival davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 101 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *