Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Apr, 2006

“Men tog’ning qiziman”

Hosila RahimovaSurxon vohasining erka qizi Hosilaxonim Rahimova shu yilning 4-5 may kunlari poytaxtning muhtasham Xalqlar Do’stligi saroyida ana shunday nomlangan navbatdagi yakkaxon konsert dasturini muxlislari va san’at ixlosmandlari hukmiga taqdim etadi. Mana shu munosabat bilan bugun soat 11:00 da Toshkentdagi Milliy Matbuot Markazida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanga yig’ilganlar konsertga oid o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to’liq javob olishdi.
Xonandaning bu yilgi konsertidan muxlislar hali eshitmagan, butunlay yangi qo’shiqlar, taniqli shoir va bastakorlar bilan hamkorlikda o’zbek milliy estrada yo’nalishida yaratilgan asarlar o’rin olgan. Sof o’zbekona, xalqona va yangi o’zbek estradasi yo’nalishidagi ijro uslubi san’at shinavandalarining mazkur konsert dasturida ruhiyatlari bir qadar ko’tarilishi, ko’tarinki kayfiyat va shodlik ularga ancha vaqt hamroh bo’lishiga umid qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *