Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Dek, 2009

«Mejdu nebom i zemley» Rossiyaning «TOP 10»taligida!

ShahzodaBir necha oy mobaynida biz Shahzoda hamda Dj Smashning «Mejdu nebom i zemley» taronasini mashhurlik cho'qqisiga chiqishini kuzatdik. Ushbu o'tgan vaqt mobaynida qo'shiq Rossiyaning 220dan ortiq radiokanallarida jarang sochdi. Bir necha haftadan buyon mazkur qo'shiq «TOP HIT» hit-paradining eng yaxshi 10ta qo'shiqlari ro'yhatidan o'rin olib turibdi.

«Mejdu nebom i zemley» taronasi Moskvaning «Love Radio», «Europa Plus», «D FM», «NewTone», «Svejee radio» kabi radioto'lqinlarida yangradi, shuningdek «Big Love-20″ va «EuroHit-40″ hit-paradlarida doimiy ravishda yuqori pog'onalarni zabt etib turdi.
Ushbu qo'shiq uchun ishlangan klip 12 hafta davomida «Muz TV» hamda «Music Box» telekanallarida o'tkazilgan hit-paradlarda ham yuqori pog'onalarni zabt etdi. Bugun esa «Mejdu nebom i zemley» taronasining remiksiga ishlangan videoklip ham «MTV Rossiya» kanalining kuchli 10taligiga kiritildi.
Bu O'zbekistonlik xonandaning katta yutug'i va albatta buning bari doimiy ovoz berib kelgan muxlislarning harakatlari samarasidir.
Biz yil yakunida Shahzodani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz hamda unga zafarlar tilab qolamiz. Shahzodaga ovoz bering va qo'llab-quvvatlang!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *