Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Iyul, 2009

«Maxi studio»da ish qizg’in!

Maxi StudioXabaringiz bor, SB.uz portali yurtimizda faoliyat olib borayotgan ikkita audio va video studiyalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Bulardan biri, «Studio.Uz» bo’lsa, ikkinchisi «Maxi studio»dir. Bugun sizning e’tiboringizga «Maxi studio» studiyasi faoliyati bilan tanishtirib o’tamiz. Biz studiya rahbari Doniyor Agzamov bilan bog’lanib quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ldik…Ayni kunlarda 2 ta yangi yaratilgan kinokartina hamda 1 ta o’zbek seriali uchun maxsus musiqalar yaratilmoqda. Bular resjissor Rustam Sa’dievning «Men bu men» va Abduvohid G’anievning «Men kimman», shuningdek, «Qaldirg’och qaytib keladi» seriallaridir. Bastakor Doniyor Agzamovga, bastakor Azizbek Abdullaev, ovoz rejissori Saidumar hamda shoir va bastakor Timur o’z yordamlarini ayamayabti. Tez orada ushbu kartinalar keng ommaga havola qilinadi. Shundagina ularni tomosha qilib, yaratilgan maxsus musiqalarga baho berishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *