«Maxi Studio» kengaymoqda…
SB.uz portalining doimiy hamkorlaridan biri «Maxi Studio» ovoz yozish hamda dublyaj studiyasi kengaymoqda…
«Maxi Studio»ning rahbari Doniyor Agzamov studiya tarkibiga yana bir nechta xona qo'shilganini, hozirda ta'mirlash ishlari olib borilayotganini ma'lum qildi. «Maxi Studio» ovoz yozish hamda dublyaj studiyasi «Xadra» maydoni, «Geologiya» muzeyi yonida «Respublika o'quvchilar saroyi» binosida joylashgan. Tez orada portalimiz orqali studiya faoliyatiga bag'ishlangan fotojamlanmani tomosha qilishingiz mumkin.