Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Yan, 2012

«Maxi Studio» endi «Central Studio» bo'ldi!!!

Central StudioTaniqli bastakor Doniyor Agzamov «Maxi Studio» nomi bilan o'z studiyasini tashkil qilganidan xabaringiz bor. Mana shu studiya, endilikda yangi manzilga ko'chib, yangi binoda, yangi nom ostida o'z faoliyatini boshladi. «Central Studio» deb nom olgan ushbu studiyada haqida bugun qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Bizning doimiy hamkorlarimizdan biri bo'lmish Doniyor Agzamov mana o'z shaxsiy studiyasini o'zi istagan darajaga yetkaza oldi. Bu studiyada qo'shiqlar uchun ovoz yozish, filmlarning dublyaj ishlarini amalga oshirish, prodyuserlik vazifalarini o'tash, filmlar suratga olish kabi ko'plab vazifalarni bajarish mumkin. Studiya yaqindagina o'z faoliyatini boshlagan bo'lishiga qaramay. Hozirdanoq mijozlar bilan to'lib toshgan. Har kuni o'nlab yulduzlarni mana shu maskanda ko'rishingiz mumkin. Doniyor Agzamovning o'zi esa bu studiya orqali ko'plab loyihalarni amalga oshirish niyatida. Biroq, loyihalar haqida hozircha to'liq to'xtalib o'tishni istamadi. Albatta yaqin orada barchasidan biz xabardor bo'lamiz. Hozir sizning e'tiboringizga «Central Studio»ning ish jarayonida tushirilgan bir qator fotosuratlarni havola etamiz.

 

Central Studio

Central Studio

Central Studio

Central Studio

Central Studio


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *