Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Mavsum hitlari»da Yulduz Usmonova ishtirok etdi!!!
16 Dek, 2016

«Mavsum hitlari»da Yulduz Usmonova ishtirok etdi!!!

Mavsum hitlari 2O’zbek estradasining eng yorqin yulduzlari ishtirokidagi «Mavsum hitlari» an’anviy taqdirlash marosimi har 3 oyda o’tkazilishi haqida avval ham xabar bergan edik. Mana ushbu taqdirlash marosimining navbatdagisi ham 15-dekabr kuni «Istiqlol» san’at saroyida a’lo darajada o’tdi.

«Mavsum hitlari»ning navbatdagisi kutilgandanda yaxshi o’tdi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Zero, bu safargisida o’zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova uzoq muddatlik tanaffusdan so’ng katta sahnada yana chiqish qildi. Bu san’at ixlosmandlari kutgan daqiqalar edi! Yulduz Usmonova o’zining «Qirolichangman» hamda «Shakari» taronalarini ijro etib, tashrif buyurgan tomoshabinlar, muxlislarni quvontirdi.
Bevosita taqdirlash marosimi haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, muxlislarni kimlar, qaysi qo’shiqlari uchun taqdirlanganligi qiziqtirishi shubhasiz. Shunday ekan, hozir sizlarga ushbu ma’lumotlarni ham yetkazamiz.

Ulug’bek Rahmatullaev — «Qirmizi olma»
Gulsanam Mamazoitova — «Aldama mani»
Shohruhxon — «Aldamadim»
Feruza Karimova — «Dastingdan»
Sardor Rahimxon va Halimaxon — «Hali-Hali-Halima»
Yulduz Usmonova — «Qirolichangman»
Lola — «Xabar ol»
Munisa Rizaeva — «Gulg’uncha»
Bunyodbek Saidov — «Loppi-loppi»
Alisher Fayz — «Hay-hay»
Muzaffar Mirzarahimov — «Qaydasan»
Rashid Xoliqov — «Malikam»

O’z o’rnida SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan g’oliblarni chin dildan muborakbod etib qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 483 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *