Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Mavsum hitlari» taqdirlash marosimidan fotoreportaj!
17 Sen, 2016

«Mavsum hitlari» taqdirlash marosimidan fotoreportaj!

Mavsum hitlari

Kecha «Turkiston» saroyining yozgi zalida yurtimizning bir qator yulduzlari ishtirokida juda ham ajoyib taqdirlash marosimi va gala-konsert bo’lib o’tdi. Ushbu ajoyib konsert dasturida estradamizning eng yorqin yulduzlarini ko’rishingiz mumkin edi.

Shahzoda, Rayhon, Ziyoda, Rashid Xoliqov, «Bojalar» guruhi, Botir Qodirov, «Ummon» guruhi, Nilufar, Dj Piligrim, «Marokand» guruhi, Shohruhxon, Shohruh va yana ko’plab elimiz suygan xonandalar o’zlarining eng hit taronalarini ijro etib, tashrif buyurgan muxlislarni kayfiyatini a’lo darajaga ko’tarishga muvaffaq bo’ldilar. «Mavsum hitlari» deb nomlangan mazkur taqdirlash marosimi gala-konsertida boshlovchilik qilish kabi ma’suliyatli vazifa Rustambek hamda Abrorbeklarga ishonib topshirildi  va ular bu ishni a’lo darajada uddaladilar, deb bemalol aytishimiz mumkin. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan yulduzlarimizning aksari ushbu mavsumda yaratgan hit taronalari uchun «Mavsum hitlari» maxsus diplomi va mukofotiga loyiq deb topildilar va taqdirlandilar. Ushbu kecha ayniqsa Rayhon uchun alohida ahamiyatli kecha bo’lgan bo’lsa ajab emas. Zero, aynan mana shu kuni Rayhonning tavallud topgan kuni edi. O’z o’rnida Rayhonni tavallud ayyomi bilan ham tabriklab qolamiz. Estradamiz yulduzlariga mukofotlarni aktyorlar, bastakorlar, shoir, sportchi va shuningdek xalq tanigan shou-biznes olamining mashhur vakillari topshirishdi.
«O’zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan tashkil etilgan «Mavsum hitlari» nomli mazkur taqdirlash marosimi endilikda har 3 oyda bir marotaba o’tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur an’anaviy taqdimot marosimining ilk soni juda ham yuqori darajada o’tdi, deb hech ikkilanmay aytishimiz mumkin. Bu kabi taqdirlashlar natijasida estradamiz vakillari yanada shijoat bilan ijod qilib, muxlislar uchun haqiqiy hit taronalarni taqdim etishga harakat qilishlari shubhasiz. Hurmatli, ijodkorlar ana endi ijodni yanada jiddiyroq qilavering, «Zero» sizning hizmatingiz endi yana bir mukofot bilan taqdirlanadigan bo’ldi!!!

Quyida siz azizlar uchun taqdirlash marosimi gala-konserti davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *