Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Masrur Usmonov yangi klip suratga tushirdi!
18 Apr, 2015

Masrur Usmonov yangi klip suratga tushirdi!

Masrur Usmonov - OnajonimO’zbek estradasi xonandasi Masrur Usmonov kecha, 17-aprel sanasida o’zining yangi «Onajonim» taronasiga klip suratga tushirdi. Mazkur klip xonandaning o’z uyida suratga olinganligi alohida e’tiborga molik. Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi mazkur klipni tasvirga tushirish jarayoniga tashrif buyurdik.

Suratga olish ishlari qizg’in pallaga kirgan paytda biz Masrur Usmonov xonadoni tomon yaqinlashdik. Shundoqqina xovlining yonida suratga olish ishlari davom etayotganligini ko’rdik. Jonrid Sagdiev hamda Dilshod Mirzamurodov klipni suratga olish bilan band edilar. Suratga olish jarayoni bir nuqtaga yetgach ijodkorlar bilan biroz suhbatlashdik. «Onajon» taronasi matn va musiqa muallifi Masrur Usmonovning o’zi ekanligi ma’lum bo’ldi. Klipda Saida Rametova, Zuhra Solieva va Masrur Usmonov asosiy rollarda namoyon bo’lishar ekan. Klipning voqeaviy qismi ham, trek qismi ham xonandaning xonadonida bo’lib o’tdi.

Quyida siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 216 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *