Masrur Usmonov safar tafsilotlari bilan…
Kuzatayotgan bo'lsangiz, xonanda Masrur Usmonov TV kanallari va matbuot orqali biroz ko'rinmay qolgan edi. Eshitishimizga qaraganda, u Koreya davlatiga safar qilgan ekan. Safar maqsadi va ijodidagi so'nggi yangiliklarni bilish maqsadida u bilan bog'landik…
Masrur Usmonov Koreya davlatiga biznes ishlarini amalga oshirish maqsadida borgan ekan. Endilikda esa so'nggi taronasi bo'lmish «O'zbegim qizlari» uchun klip suratga olish ishlarini boshlab yuboribdi. Yaqin kunlarda Masrur Usmonovning yangi klipini TV kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.