Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Yan, 2012

Masrur Usmonov qurilish korxonasi rahbari?!

Masrur UsmonovO'z taronalari bilan ko'pchilik yoshlarning qalbiga yo'l topa olgan xonanda Masrur Usmonov endilikda o'zining aktyorlik qobiliyatini sinab ko'rmoqchi. Masrur yaqindagina Orif Shokirovning «Bardosh» filmida suratga tushdi.

Mazkur kartinada u qurilish korxonasi rahbari rolini ijro etdi. Film uchun «Bardosh» nomli saundtrek tarona ham ijro etdi. Bundan tashqari xonanda yaqindagina Turkiyada gastrol safarida bo'lib qaytdi. Antaliya shahrida bo'lgan safar chog'ida Masrur Usmonov «Faqat sen» nomli taronasiga klip suratga oldirdi. Ushbu tarona so'zi va musiqasi bastakor Sherzod Shamsga tegishli. Safardan qaytgach u yana 2 ta yangi tarona «Sensan» va «Unutolmaysan» nomli qo'shiqlar ham kuyladi. Bu taronalarga klipmeyker John Reed klip suratga tushirdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *