Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Apr, 2009

«Mashhurlikka ilk qadam» g’olibini aniqladi!

SB.uz portali hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi orqali har chorshanba «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasi efirga uzatilishidan xabaringiz bor. Bugun ushbu loyihada O’zbekistonda hamda Rossiyada juda katta mavqe’ga ega xonanda Sogdiana ishtirok etdi…

Dastur avvalida «Mashhurlikka ilk qadam» loyihasining boshlovchisi Botirxon radiotinglovchilarga Sogdiananing ijodi haqidagi savol bilan murojaat qildi. Demak, savol quyidagicha jarang sochdi.
Savol: Sogdiananing mashhur «Serdtse magnit» va «Yurak mahzun» taronalarining so’zi kimga tegishli?
Botirxon tomonidan e’lon qilingan ushbu savolga radiotinglovchilar javob topishga anchayin qiynalishdi. Ammo Muxlisa Asqarova ismli radiotinglovchi Botirxonga to’g'ri javobni taqdim qildi. Javob quyidagicha:
Javob: Sogdiananing mashhur «Serdtse magnit» va «Yurak mahzun» taronalarining so’zi Timur va bastakor Ravil Gimazutdinovga tegishli?

Eslatib o’tamiz, endi siz ham o’z ismingizni mashhurlar qatoriga qo’shishingiz mumkin. Buning uchun shunchaki loyihamizda ishtirok etishingiz kifoya.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *