Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Manzuraning yakkaxon konsertiga marhamat!!!
22 Yan, 2015

Manzuraning yakkaxon konsertiga marhamat!!!

Manzura 2015 konsert afisha

2015-yilning yakkaxon konsert dasturlari Manzuraning konsertidan boshlanmoqda. O’zining 18 yillik ijodiy faoliyati sarhisobi tarzida taqdim etayotgan Manzuraning konsert dasturiga hozirda tayyorgarliklar qizg’in ketmoqda.

SB.uz portali mana shu konsert dasturining axborot hamkori sifatida yoritib borishda davom etadi. 2015-yil 1-2-3 fevral kunlari «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadigan, Manzuraning ilk yakkaxon konsert dasturida muxlislarni qiziqtiradigan, kutilmagan sovg’alar ko’p bo’lishi tashkilotchilar tomonidan aytib o’tilmoqda. Faqat hit taronalar ijrosi bilan boyitilgan mazkur konsert dasturiga chiptalar esa deyarli qolmagan. Portalimiz kuzatib borsangiz, siz azizlarga Manzuraning ijodiga oid va mazkur konsert dasturiga taaluqli yangiliklarni tez-tez yetkazib turamiz. Hozircha esa konsert afishasini e’tiboringizga tortiq etmoqdamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 483 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *