Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Manzuraning otasi Muborak Yo’ldoshevning ko’rgazmasidan…
15 Fev, 2013

Manzuraning otasi Muborak Yo’ldoshevning ko’rgazmasidan…

Muborak Yo'ldoshev ko'rgazmasiXabaringiz bor so’nggi kunlarda Manzura asosiy kuch va vaqtini o’z otasi O’zbekiston Xalq rassomi Muborak Yo’ldoshevning 80 yillik yubileyiga bag’ishlangan ko’rgazmasini tashkilish ishlariga sarflayotgan edi. Mana bugun 2013 yilning 15 fevral kunida mazkur ko’rgazma yuqori saviyada bo’lib o’tdi.

Soat 15:00da biz Markaziy Ko’rgazmalar zaliga tashrif buyurdik. Ko’rgazma zaliga kirish oldida Manzuraning ma’muri Jamshidni uchratdik. Jamshid bizni kutib olib, zalga taklif qildi. U yerda yelib-yugurib yurgan Manzuraga ko’zimiz tushdi. Avvaliga bizga ko’zi tushmagan Manzura tashkiliy ishlar bo’yicha bir qator yordamchilariga turli topshiriqlarni berdi. So’ngra biz bilan qisqagina salom-alik qilgach, tashrif buyurayotgan boshqa mehmonlarni kutib olishga oshiqdi. Biroz o’tgach tadbir ham boshlandi. Ko’rgazma rassomchilik san’atiga oid bo’lganligi sababli, so’zga chiqqanlarning aksari rassomlar va shu sohaga yaqin ijodkorlar bo’lishdi. Ular orasida taniqli o’zbek kinorejissori Shuhrat Abbosovning so’zga chiqishini ham kuzatishimiz mumkin edi. O’zining ijobiy va mazmunli fikrlari bilan barchani diqqatlarini o’zlariga tortdilar. Eng oxiri so’z navbati Muborak Yo’ldoshevga ham taqdim etildi. Ko’rgazmaning bosh sababchisi barcha tashrif buyurganlarga o’z minnatdorchiliklarini bildirgan holda barchani ko’rgazmani tomosha qilishga chorladilar. So’ngra kuy va qo’shiqlar ketma-ketligiga ham navbat yetdi. Munojat Yo’lchieva, Sardor Rahimxon, «Eldido» guruhi o’z qo’shiqlari bilan tashrif buyurgan mehmonlarni xushnud etishdi. Quyida tadbir jarayonidan mohir fotosuratchi Zokir Mirsagatov tomonidan tushirilgan ajoyib fotolavhalarni havola etmoqdamiz. Marhamat, tomosha qiling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 900 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *