Manzuradan yangi loyihalar!
2008 yil chin ma’noda xonanda Manzura uchun ham juda omadli yil bo’ldi,-deya ayta olamiz. Bundan ilhom olgan Manzura hozir bir nechta loyihalar ustida ish olib bormoqda. Ularning ba’zilari bilan biz bilan o’rtoqlashdi…Manzura hozirda sho’x taronalardan so’ng, yangi tarona ustida ish olib bormoqda. Qo’shiq sokin ohangda jarang sochadi. Tarona so’zi shoir Arslon Karim qalamiga mansub. Musiqasi Manzuraning o’ziga tegishli. Undan tashqari hozirda Manzura yangi yaratilayotgan filmda rol ijro qilmoqda.