Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Manzuradan yangi fotosuratlar va yangi tarona!!!
10 Fev, 2014

Manzuradan yangi fotosuratlar va yangi tarona!!!

ManzuraO’zbek shou-biznesida o’z o’rniga ega bo’lgan xonanda Manzura ijodidan so’nggi paytlar yangiliklar taqdim etmayotgan edik. Mana endilikda portalimiz orqali Manzuraning ijodiy yangiliklaridan ham boxabar etib boramiz. Bugun siz uchun xonandaning yangi fotosuratlarini taqdim etamiz.

Manzuraning xorijiy davlatlarning biri Balida tayyorlagan fotojamlanmasi Tayfun Urel ismli fotosuratchi tomonidan tasvirga tushirilgan. Stilist Behzod Abduraim, vizajist Fevzi. Fotosuratlarni tomosha qilib, ularga o’zingiz baho berasiz, degan umiddamiz.
Ayni kunlarda Manzura yangi qo’shiq tayyorlagan bo’lib, tarona «O’ngimda ko’ray» deb nomlanadi. Qo’shiq musiqasi Manzuraning o’ziga tegishli. So’zlari muallifi Bobur Umarov, aranjirovka Jasur Badalboev tomonidan bajarilgan. Sokin ohangda ijro etilgan mazkur taronaga balki klip ham tasvirga tushirilar…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 239 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *