Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Manzura xalq oldida ilk imtixonini a’loga topshirdi!!!
2 Fev, 2015

Manzura xalq oldida ilk imtixonini a’loga topshirdi!!!

Manzura 2015 konsertO’zbek estradasining iste’dodli xonandalaridan biri Manzura o’zining 18 yillik ijodi sarhisobi bo’lgan ilk yakkaxon konsert dasturini a’lo bahoga topshirdi. Kecha, 2015-yilning 1-fevral sanasida soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida Manzuraning ilk yakkaxon konsert dasturining birinchi kuni bo’lib o’tdi.

Konsert zal muxlislar bilan to’ldi. Yulduzli mehmonlarni esa sanab sanog’iga yetish mushkul. Oybek va Nigora, Shahzoda Muhammedova, Madina Mumtoz va uning turmush o’rtog’i Murod Chusti,, Farruh Ahmedov, Umidaxon, Guli Asalxo’jaeva, Tohir Usmonov, Gulsanam Mamazoitova, Shukrullo Isroilov, Abdurashid Yo’ldoshev, Doston Ubaydullaev, Dilso’z, Shoira Otabekova, Ruhshona va Sanjar Matkarimov, Tamila, Amira Alibekova va boshqa san’atkorlar Manzurani zalda o’tirgan holda qo’llab-quvvatlab turishdi. Konsert oldi matbuot anjumanida ta’kidlab o’tilganidek, konsert davomida sahna dekoratsiyalari o’zgarib turishi kuzatildi. Qo’shiqlarga monanda ravishda bir necha bor sahnadagi dekoratsiyada kichik o’zgarishlar bo’ldi. Boshlovchilik vazifasini bajarish uchun Akmal Mirzo, Jahongir Poziljonov va Davron Kabulov birin ketin chiqib kelishdi. Aslida u qadar boshlovchiga ehtiyoj sezilmagan bo’lsada, bu uch navar ijodkor konsertga yanada jon bag’ishlashdi. Tashrif buyurgan tomoshabinlarni kayfiyatini yanada ko’tarishdi. Ayniqsa, bu uchlik tomonidan ijro etilgan yumoristik tarona barchani diqqatini tortdi. Konsert davomida Manzurada hayajon sezildi. Hayajon bo’lishi ham tabiiy edi. Chunki, 18 yil davomida ilk bor o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan xonandada hayajon bo’lmasdan boshqa iloj ham yo’q. Konsert davomida bir qator duet taronalar ham ijro etildi. Jumladan, Ulug’bek Rahmatullaev, «Bojalar» guruhi, «Eldido» guruhi, Mavluda Asalxo’jaeva bilan ijro etilgan duet taronalar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Konsert yakunida Manzura bilan suhbatlashar ekanmiz, u konsert oldidan va konsert davomida uni qo’llab turgan barcha-barchaga, shu jumladan hamkasblari, estrada xonandalari, aktyor va aktrisalar, OAV hodimlariga o’zining alohida minnatdorchiligini bildirib o’tdi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Manzura konsert dasturini a’lo bahoga o’tkaza oldi!!! Omad yor bo’lsin ikkinchi kunda ham!!! Darvoqe, konsert dasturini chiroyli tashkil etgan «Kabulov Group»ga ham omad tilaymiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 965 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *