Manzura & Rayhondan yana duetmi?
O’zbek estradasida qaysidir jihatlari bilan bir-biriga o’xshash xonandalarimiz Manzura hamda Rayhon joriy yilning 11 dekabridan 15 dekabrigacha Londonda bo’lib qaytishdi. Bu ikki betakror xonandalarimiz nima maqsadda Angliyaga borishgani esa ko’pchilik muxlislarni qiziqtirishi tabiiy albatta.
“Men bu men” taronasini duet tarzida qoyilmaqom qilib kuylagan Manzura va Rayhonlarning Londonda ham bir qancha o’zbek muxlislari borligi quvonarli hol albatta! Shou-biznesimiz yulduzlari esa aynan shu muxlislar uchun o’zlarining konsert dasturini taqdim etish uchun Londonga borib kelishdi. O’zgacha taassurotlar bilan qaytgan xonandalarimiz muxlislarga portalimiz orqali o’zlarining mazsus fotosuratlarini taqdim etishdi. Quyida siz ham bundan bahramand bo’ling!