Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Manzura konsert oldi matbuot anjumani o’tkazdi!
16 Yan, 2015

Manzura konsert oldi matbuot anjumani o’tkazdi!

Manzura matbuot anjumaniBugun 2015-yilning 16-yanvar sanasida Toshkent shahrida joylashgan «Miran» mehmonxonasida xonanda Manzuraning 1-2-3 fevral kunlari «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadigan ilk yakkaxon konsert dasturi oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Manzuraning konsert oldi matbuot anjumanida tashrif buyurgan jurnalistlarning savollariga Manzura, konsert tashkilotchisi va rejissori Davron Kabulov hamda xoreograf Narimon Grigoryan javob berishdi. Matbuot anjumani odatdagi anjumanlardan farqli ravishda, jiddiy va rasmiy ko’rinishda emas, balki qiziqarli va erkin suhbat asosida bo’lib o’tdi. OAV hodimlari Manzuraga o’zlarini qiziqtirgan deyarli barcha savollarini berishdi va ularga xonanda birma-bir javob berib o’tdi. Biz sizlarga mazkur suhbat chog’ida berilgan bir qator savollarga Manzura qanday javob berganligini ma’lumot ko’rinishi taqdim etishga qaror qildik. Yaqinlashib kelayotgan konsert dasturiga ayni damda qizg’in hozirlik ko’rilmoqda va ushbu konsert uchun xonandaning eng sara taronalari tanlab olingan. 18 yillik ijod davomida Manzura tomonidan ijro etilgan hit taronalar juda ham ko’p bo’lganligi bois, konsert dasturini ularning birortasi bilan nomlab, reklama-targ’ibot ishlarini olib borishni istashmaganliklarini anjuman davomida ma’lum qilishdi. Biroq, konsert dasturi «Asra baxtimizni» deb nomlanganligini ham yashirib o’tirishmadi. Konsert davomida siz Manzura ijrosidagi 20dan ziyod taronalarni tinglash imkoniyatiga ega bo’lasiz, ulardan 5tasi duet taronalar bo’lib, duetdoshlar sizlarga juda ham yaxshi tanish. Ulug’bek Rahmatullaev, Mavluda Asalxo’jaeva, «Eldido» guruhini konsert dasturida Manzura bilan kuylagan duet taronalari ila qarshilashingiz mumkin. Shuningdek, yana 2 duet tarona kim bilan ijro etilishini hozircha tashkilotchilar sir tutishga qaror qilishdi. Uzoq suhbat davomida konsertga oid qiziqarli ma’lumotlarni bilib olish jurnalistlarga biroz qiyinchilik tug’dirdi. Zero, Davron Kabulov ham, Manzura ham konsertga oid asosiy ma’lumotlarni sir saqlashga harakat qildilar. Ammo, muxlislar kutilmagan konsert dastuiga tayyor turishlarini alohida ta’kidlab o’tishdi. Konsert uchun maxsus dekoratsiyalar qurilayotgan bo’lib, qiziq tarafi konsert davomida sahna ko’rinishlari o’zgaruvchan bo’lar ekan. Qiziq, qanday o’zgarar ekan? Buni esa konsertda bilib olamiz. Konsertni tashkillashtirish vazifasini o’z zimmasiga olgan «Kabulov Group» kompaniyasiga hamda Manzuraga konsert oldidan omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun matbuot anjumanida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 960 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *