Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Manzura endi tadbirlar tashkilotchisimi?
13 Fev, 2013

Manzura endi tadbirlar tashkilotchisimi?

Muborak Yo'ldoshevO’zbek estradasi olamida o’z o’rniga ega bo’lgan Manzura xonandalik faoliyatidan tashqari boshqa bir sohada o’zini sinab ko’rmoqda. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ayni kunlarda Manzura bir tadbirning tashkiliy ishlari bo’yicha katta tayyorgarliklar ko’rmoqda. Bu tadbir Manzura uchun juda katta ahamiyatga ega.

Chunki, tashkillashtirilayotgan tadbirning asosiy sababchisi Manzuraning otasi Muborak Yo’ldoshev hisoblanadi. 2013 yil 15 fevral kuni soat 15:00da Sharof Rashidov ko’chasida joylashgan Markaziy Ko’rgazmalar zalida Muborak Yo’ldoshev tavalludining 80 yillik yubileyiga bag’ishlangan rangtasvir san’ati ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tishimiz mumkinki Muborak Yo’ldoshev 2000 yil O’zbekiston Xalq rassomi unvoni bilan taqdirlangan. 15 fevral kuni bo’lib o’tadigan ko’rgazmada rassomning 1955 yildan to bugungi kunga qadar chizgan eng sara asarlari namoyish etiladi. Ko’rgazmaga barcha rassomchilik san’ati ixlosmandlarini taklif etib qolamiz. Bunday ko’rgazmalar har doim ham bo’lavermaydi.

Muborak Yo'ldoshev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 315 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *