Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Dek, 2011

Malikaning sevgan yori endi yonidami…

MalikaAncha vaqt muqaddam «Setora» guruhi a'zosi Malika, estradamizning yana bir vakili bilan unashtirilganligi haqida xabar tarqagan edi. Biroq, bu muhabbat hali yonib ulgurmasdan, biroz hijron a'zobini chekishiga majbur bo'ldi. Bugungi kunda esa mana shu juftlik yana birgalikda ekanligi Malikani yanada baxtiyor bo'lishiga sabab bo'lmoqda.

Bu kim haqida gap ketayapti, degan savolni keltirib chiqarishi tabiiy. Bu savolga ba'zi muxlislar javobni bilsalar, ba'zilari bexabar bo'lishlari ham mumkin. Bu o'sha endi-endi porlay deb turgan paytida ma'lum va noma'lum voqea sababli ijoddan va sevgilisidan bir muddat uzoqlashishga majbur bo'lgan xonanda Alisher Rahmatullaevdir. Bugungi kunga kelib, Malika va Alisher yana birga ekanliklaridan baxtiyorlar. Yaqin kunlarda ularning muxlislarga atalgan sovg'alari ham bor. Qiziq, bu nima sovg'a bo'lishi mumkin? Qanday sovg'a ekanligini vaqt o'tgach bilib olamiz. O'z o'rnida biz ikki yoshga baxt tilaymiz!

 

Alisher Rahmatullaev va Malika


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *