Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Malika Egamberdievaning yakkaxon konsertidan…
31 Okt, 2015

Malika Egamberdievaning yakkaxon konsertidan…

«MalikaEgamberdieva2015konsert17Nihol» mukofoti sovrindori, iste’dodli xonanda Malika Egamberdieva xalq oldida imtixon topshirdi va imtixondan muvaffaqiyatli o’tdi, deb aytsak, mubolag’a bo’lmasa kerak. Xabaringiz bor 30-31 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Malika Egamberdievaning yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tishi kerak edi. Mana birinchi kun ham o’tdi.

Iste’dodli, yosh xonandaning ilk yakkaxon konsert dasturi duolar bilan boshlandi. O’zbekiston Xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova konsert oldidan o’z shogirdlariga yo’l-yo’riqlar ko’rsatib, konsertni fayzli o’tishini tilab, duo qildilar. Ulardan so’ng bir qator boshqa ustoz san’atkorlar ham Malikani duo qilib, sahnaga kuzatib qo’yishdi. Albatta bunday duolardan so’ng har qanday konsert ham muvaffaqiyatli o’tadi. Jonli ijrodan iborat bo’lgan konsert dasturini tomosha qilish uchun xonandaning muxlislari «Istiqlol» saroyi o’rindiqlarini to’ldirib o’tirishdi. Tashrif buyurganlar orasida Umidaxon, Lola Ahmedova, Hosila Rahimova, Xulkar Abdullaeva, Farruh Raimov va boshqa bir qator xonandalarni ko’rishingiz mumkin edi.
Konsert dasturini olib borish kabi ma’suliyatli vazifa Akmal Mirzoga ishonib topshirildi. Konsert davomida Malika Egamberdieva o’z kuy-qo’shiqlari bilan barchani xushnud etgan bo’lsa, «Comedy.uz» rezidentlari kayfiyatni yanada yuqori ko’tarishga erishdilar. Shuningdek, albatta xonandaning ustozi Gulsanam Mamazoitova ijrosidan ham muxlislar bahramand bo’ldilar.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *