Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Apr, 2006

Maftunkor Yayradan yangilik!

YayraYosh, maftunkor, iste’dodli xonanda Yayra yana ikki yangi qo’shiq ustida ish boshladi. Biroq, Yayra yangi qo’shiqlari haqidagi ma’lumotlarni sir tutmoqda. Bu qo’shiqlar qanday nomlanishi, shoir va bastakorlari kimligi, qaysi yo’nalishda ijro etilishini ham yashirmoqda.  «Lekin, bu qo’shiqlar ham omadli chiqishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman», — deydi xonanda biz bilan suhbatda. Biz ham shunga umid qilamiz. Yayraning «Armon» qo’shig’i haligacha muxlislar ko’nglini tark etishni istamayapti. Yana bir yangilik: shu kunlarda Yayrani bir emas naqd ikki filmdagi bosh rolni ijro etish uchun taklif qilishdi. Kutilmaganda Yayra ulardan biriga rad javobini berdi. Ikkinchisi haqida esa jiddiy bosh qotirmoqda. Darvoqe, tez kunlarda sizning e’tiboringizga Yayra bilan uyushtirilgan eksklyuziv intervyuni havola etamiz. Shunday ekan saytni kuzatishda davom eting va suhbatdan eng birinchi bahra oling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *