Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Maftunkor Lolaning jozibador konsertidan fotoreportaj!
21 Noy, 2016

Maftunkor Lolaning jozibador konsertidan fotoreportaj!

Lola 2016 konsertO’zining shirali ovozi va maftunkor qiyofasi bilan muxlislar qalbidan mustahkam joy egallay olgan xonanda Lola o’zining 2016-yildagi yakkaxon konsert dasturining birinchi kunini bugun a’lo darajada o’tkazdi. Mana shu konsert dasturidan eksklyuziv fotoreportajni qarshi olishga tayyormisiz? Unday bo’lsa, ketdik!   Xabaringiz bor Lola o’tgan yili o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etmagan edi. Bu yil esa u o’z yakkaxon konsert dasturiga jiddiy hozirlik ko’rganligini guvohiga aylandik. Konsert dasturining sahna bezagini ko’rish bilanoq Lola jonli ijroga urg’u qaratganligini anglash qiyin emasdi. Konsert dasturi boshlangach guvohi bo’ldikki Lola aksari qo’shiqlarini jonli ijroda kuyladi. Bu hol albatta quvontirmay qolmaydi. 1 yarim soatni tashkil etgan ushbu konsert dasturida xonanda o’z muxlislarini bir qator yangi qo’shiqlari va shuningdek eng sara hit taronalarini ijro etdi. Konsert dasturida Shohruhxon hamda Shahriyor bilan birgalikda kuylangan duet qo’shiqlar ham jarang sochdi. Konsertdan oldin Lola o’zining ijtimoiy tarmoqlari orqali o’tkazgan tanlovi asosida tanlab olgan 2 nafar muxlisi bilan «Istiqlol» saroyi sahnasida jonli ijroda duet kuylagani tashrif buyurganlarda katta olqishlar bilan qarshi olindi. Xullas, bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, Lolaning bu yilgi yakkaxon konsert dasturining ilk kuni juda ham yaxshi o’tdi. Sevimli yulduzini qo’llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan muxlislar butun saroy bo’lib, birgalikda jo’r bo’lgan holda Lolaning qo’shiqlarini kuylashganlarini ham alohida aytib o’tish o’rinli. Darvoqe, konsertda shuningdek Ulug’bek Rahmatullaev, Munisa Rizaeva, Ruhshona, Yodgor Nosirov kabi bir qator mashhur qiyofalarni ham ko’rish mumkin edi. Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 9 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *