«Madinam» kimga bag'ishlanadi?
Kuni kecha Mirjamol bilan tasodifan «Tinchlik» metro bekatida uchratib qoldik. Yo'l-yo'lakay Mirjamol ijodidagi so'nggi yangiliklar bilan tanishtirib bordi. Mirjamol «Madinam» nomli yangi qo'shiq ustida ishlayotganini alohida ta'kidladi… Bu qo'shiq kimga bag'ishlanadi?
Mirjamol yuqoridagi savolga aniq br javobni aytishni lozim topmadi. Balki uning yangi taronasi sevgan qiziga bag'ishlangandir… Balki barcha Madina ismli muxlislari uchundir… Yana balki… Xullas qanday bo'lgan taqdirda ham uning yangi taronasining prem'erasini kutib qolamiz. Mirjamolning «Madinam» qo'shig'i Iroda Qurbonova she'ri, Ravshan Aliev musiqasi asosida yaratilgan. Tez orada klip ham suratga olishni rejalashtirgan.