Madina Mumtozning konsertiga marhamat!!!
O’zbek estradasi va kino olamida o’z o’rniga ega bo’lgan ijodkor Madina Mumtoz muxlislarini xushnud etish maqsadida ketma-ket ijod namunalarini taqdim etish bilan bir qatorda, yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etishga qaror qildi. Konsert dasturiga tashrif buyurishni istaganlar chiptalarni tezroq harid qilishingizni tavsiya etamiz.
2014-yilning 17-may kuni «Turkiston» san’at saroyida soat 15:00 hamda 19:00da «Nihol» mukofoti sovrindori Madina Mumtoz o’zining «Bolajon» nomli ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsertda qo’shiqlar jonli ijro etiladi va fonogrammadan foydalaniladi. Konsertga tashrif buyuring va madaniy xordiq chiqaring!