Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Madina Mumtozning ilk yakkaxon konsertidan fotoreportaj!!!
18 May, 2014

Madina Mumtozning ilk yakkaxon konsertidan fotoreportaj!!!

Madina Mumtoz 2014 konsertKuni kecha, ya’ni 2014-yilning 17-may sanasida «Turkiston» san’at saroyining qishki binosida yosh aktrisa va xonanda Madina Mumtozning ilk yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tdi. Ushbu konsert dasturiga estrada va kino olamining yorqin vakillari qatoridan, biz ham taklif etilgan edik.

Madina Mumtoz ilk yakkaxon konsert dasturini yagona bo’lib qolishini istamagan holda, soat 15:00da hamda 19:00da taqdim etdi. Ushbu konsert dasturlarining har ikkisi ham yuqori tarzda o’tganligi shubhasiz. Biz soat 19:00da bo’lib o’tgan konsert dasturiga tashrif buyurdik va biz kelgan vaqtda tashrif buyurganlar orasida O’zbekiston Xalq artistlari hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlarni ko’rish mumkin edi. Jumladan, Yodgor Sa’diev, Yoqub Ahmedov, To’ti Yusupova, Rixsi Ibrohimova, Zuhra Ashurova, Dilbar Ikromova, Lola Eltoeva, Alisher Uzoqov, Shahzoda Matchonova, Asal Shodieva, Dineyra, xullas juda ham ko’plab estrada va kino olamining mashhur shaxslari mana shu kecha Madina Mumtozning ilk «imtixon»ini qarshi olishga tashrif buyurishdi.
«Nihol» davlat mukofoti sovrindori Madina Mumtoz nazarimda ilk imtixonni juda ham yaxshi topshira oldi. Zero, ilk yakkaxon konsert dasturining o’zidayoq bir emas, bir nechta qo’shig’ini jonli ijroda kuylab berdi. Hozirgi kunda har yili yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan ko’plab boshqa san’atkorlar jonli ijroda faqatgina 1ta yoki 2ta tarona bilan chegaralanishligidan hammaning xabari bor. Madina esa hech ham cho’chimasdan bir qator taronalarini jonli ravishda ijro eta oldi. Faqat olqishlar!!! Men bu konsert dasturini saviyasiga baho berar ekanman, bir so’z bilan madaniyatli konsert bo’ldi, desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Zero, hamma narsa o’z o’rnida bo’ldi. Qarsaklar ham, raqslar ham, kulgu ham…
Bevosita konsert haqida so’z yuritar ekanmiz, Madina Mumtoz o’z yakkaxon konsert dasturida otasiga, onasiga, so’ngra turmush o’rtog’iga ham atab qo’shiq ijro etganligini ta’kidlab o’tish o’rinli. Farzandiga atalgan tarona esa konsert yakunida desert o’rnida kuylandi. Konsert dasturini mohirona tarzda Mashhurbek hamda Shahzoda Muhammedovalar olib borishdi. Darvoqe, konsert dasturidagi Madina Mumtozning barcha liboslari muallifi ham aynan Shahzoda Muhammedova ekanligini e’tirof etib o’tish joiz. Yuqori did bilan tikilgan mazkur liboslar Madina Mumtozga juda ham yarashib turdi. Konsert dasturida Dilso’z ham o’z taronalari bilan tashrif buyurganlarni xushnud etdi. «Comedy.uz» rezidentlari esa qiziqarli chiqishlari bilan tomoshabinlarni yuzida tabassum paydo bo’lishiga sababchi bo’ldilar. Konsertning boshidan oxiriga qadar kuchli hayajonda o’tirgan bir inson bor, u ham bo’lsa Madina Mumtozning volidalari Ra’no Yarashevadir. Ra’no Yarasheva konsert davomida bir kuldi, bir yig’ladi. Bularning barchasi quvonchdan edi…

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 879 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *