Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Madina Mumtozning «Ey yor» klipi jarayonidan fotoreportaj!
24 Yan, 2015

Madina Mumtozning «Ey yor» klipi jarayonidan fotoreportaj!

Madina Mumtoz - Ey yor

Xushovoz xonanda Madina Mumtoz ayni kunlarda o’zining 2ta taronasiga klip suratga tushirayotganligi haqida xabar bergan edik. Mana shu kliplarning voqeaviy sahnalarini suratga olish jarayonidan ham siz azizlarga maxsus fotoreportajni taqdim etmoqdamiz.

Madina Mumtozning «Ey yor» hamda «Sevishin aytolmadi» taronalariga Sarvar Karimov rejissorligi, Izzatilla Lutfullaev operatorligi asosida klip suratga olindi. Mazkur kliplar bir-biriga bog’liq voqealarni o’z ichiga olgan bo’lib, uning voqeaviy qismini suratga olish ishlari kuni kecha turli maskanlarda bo’lib o’tdi. Klipda shou-biznes olamining bir qator ko’zga ko’ringan vakillari ishtirok etishdi. Jumladan, «Comedy.uz» a’zolari Inoyatillo hamda Davron, Shahzoda Muhammedova, Nargiza Salmonova, Shodiyora Omonova, Bilolxo’ja Oripov, Mirtohir Mirg’ulomov va boshqalarni ko’rishingiz mumkin. Tez kunda klipni ham portalimiz orqali qarshi olishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 963 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *