Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Madina Mumtozdan tez kunda 2ta klip!!!
19 Yan, 2015

Madina Mumtozdan tez kunda 2ta klip!!!

Madina Mumtoz - Sevishin aytolmadiAktrisalik borasida ham, xonandalik borasida ham yaxshi ijod qilib kelayotgan Madina Mumtoz yangi 2 taronasiga klip suratga tushirdi. Mazkur kliplarning birini suratga olish jarayonidan SB.uz portali ijodiy jamoasi maxsus fotoreportaj tayyorladi.

Suratga olingan kliplar voqeaviy bo’lib, 2 qismdan iboratdir. Birinchi klip Abduhoshim Ismoilov musiqasi, Ra’no Yarasheva she’ri bilan kuylangan «Ey yor» taronasiga suratga olingan bo’lsa, ikkinchi klip Bahodir Nizomov so’zi va musiqasi bilan Madina Mumtoz tomonidan ijro etilgan «Sevishin aytolmadi» taronasiga suratga olinmoqda. Hozircha klipni faqat trek joylari suratga olindi. Tez kunlarda klipning voqeaviy qismi ham tasvirga tushiriladi. Darvoqe, mazkur klip rejissori Sarvar Karimov hisoblansa, klipga operatorlik qilish vazifasi Izzatilla Lutfullaevga ishonib topshirilgan. Bu tandem tomonidan suratga olingan kliplar odatda yuqori darajada chiqadi. Shunday ekan, Madina Mumtozning yangi kliplarini ham a’lo darajada chiqishiga ishonish mumkin.

Quyida siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 759 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *