Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Dek, 2013

Lolaning yakkaxon konserti yanvarda!!!

Lola 2014 konsertEstradamizning yorqin yulduzi Lolaning konsert dasturi bo’ladimi yoki yo’qmi, degan savollar oxirgi paytlarda juda ko’p bolaladi. Mana bugun biz sizlarga Lolaning yakkaxon konsert dasturi nasib qilsa albatta bo’ladi, deb baralla aytishimiz mumkin. Zero, «Tarona Records» kompaniyasi Lolaning navbatdagi yakkaxon konsert dasturini yanvar oyida taqdim etishi haqida ma’lum qildi.

2014 yilning 23-24-25-26 yanvar kunlari muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida Lola o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun jiddiy tayyorgarliklar olib bormoqda. 2014-yilning ilk katta yakkaxon konsert dasturi sifatida o’rin oladigan Lolaning mazkur konsert dasturi «Kel» deb nomlandi. Barcha muxlislar Lolaning yakkaxon konsert dasturiga bemalol kelishlari mumkin. Doimgidek, Lolaning o’zining bor mahoratini ishga solib, yuqori saviyadagi konsert dasturini taqdim etadi va muxlislarini xushnud etadi, degan umiddamiz. Konsertga oid barcha ma’lumotlarni sizlarga yetkazib borishga harakat qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 077 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *