Lolaning yakkaxon konserti 2-kunidan…
Xabaringiz bor 23-yanvardan boshlab har kuni «Istiqlol» san’at saroyida Lolaning yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tmoqda. Konsertning har bir kuni o’ziga xos tarzda qiziqarli o’tmoqda. Bugun biz sizlarga Lolaning yakkaxon konsert dasturi 2-kunidan tayyorlangan maxsus fotoreportajni taqdim etamiz.
4-kun davom etishi rejalashtirilgan konsert dasturining 2-kuni yulduli mehmonlarga boy bo’ldi. 24-yanvar kuni «Istiqlol» saroyiga Lolaning konsert dasturini tomosha qilish uchun Rayhon, Ziyoda, Nilufar Usmonova, Dineyra, «Benom» guruhi, Yagona, Tamila, Amira Alibekova, Manzura, «Setora» guruhi va boshqa taniqli shaxslar tashrif buyurishdi. Konsert zal muxlislar bilan to’la. Lolaning har bir qo’shig’ini qarsaklar bilan qarshi olishdi. Jonli ijroda ham o’z imkoniyatlarini namoyon eta olgan Lolaning har kungi konsert dasturidan fotoreportaj SB.uz portali siz azizlar uchun havola qilinadi. Shunday ekan, bizni kuzatishda davom eting!