Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Lolaning konsert dasturi 1-kuniga fotonigoh!!!
24 Yan, 2014

Lolaning konsert dasturi 1-kuniga fotonigoh!!!

Lola 2014 konsert23-yanvardan boshlab «Istiqlol» san’at saroyida o’zbek estradasining yorqin yulduzi Lolaning yakkaxon konsert dasturi boshlandi. Ushbu konsert dasturining ilk kunidan tayyorlangan maxsus fotoreportaj biroz kechroq bo’lsada, siz azizlarning e’tiboringizga havola qilinmoqda.

Maftunkor xonanda Lola 4 kunlik konsert dasturini ilk kunini juda ham yaxshi boshlab oldi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Albatta, har bir konsertda xonandada kuchli hayajon bo’ladi. Shu jumladan Lolada ham hayajon bo’lmadi, deb ayta olmaymiz. Konsert dasturi bir necha qismdan iborat bo’lib, ularning har birida bo’limga monand ravishda qo’shiqlar ijro etildi. Konsertdan Lolaning eng sara qo’shiqlari bilan bir qatorda, yangi taronalar ham ijro etildi. Konsert zalning ikki yonidan esa Lolaning fan-klubi qo’llab turdi. Konsertning birinchi kunida mehmonlar orasida «O’zbegim taronasi» radiosi hodimlarini, klipmeykerlar Yodgor Nosirov, Nurimon Sultonxo’jaev hamda Jamshid Xojiniyozovlarni ko’rish mumkin edi. Konsertni siz ham his qilishingiz uchun quyidagi fotosuratlarni tomosha qilishni tavsiya etamiz. Hamkorimiz f0t0suratchi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan suratga olingan mazkur fotosuratlar sizlarni bir zum bo’lsada konsertga tushgandek his qilishingizga yordam bersa, ajab emas. Portalimizni kuzatib boring va konsertning keyingi kunlaridan ham fotoreportajni tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

G'ayrat Video


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 347 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *