Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Volga, Lola va noma’lum yigit…
27 Mart, 2016

Volga, Lola va noma’lum yigit…

Lola - Sog'indim

Bugun Toshkent ko’chalarida Lolaning yangi «Sog’indim» taronasiga klip suratga olish ishlari bo’lib o’tdi. E’tiborli jihati klipda tobora antikvar avtomobilga aylanib borayotgan Volga rusumli avtoulovdan foydalanilgan. Bugun biz sizga mana shu klipdan fotolavhalar va ba’zi ma’lumotlarni taqdim etishga qaror qildik.

Lolaning «Sog’indim» taronasiga suratga tushirilayotgan klipning bugun birinchi suratga olish kuni yakuniga yetdi. Klip rejissori Sanjar Matkarimov, operator Rustam Murodov, ikkinchi rejissor Mansur Vasati, grim ustasi Renata Iskandarova, kostyumlar bo’yicha rassom Hilola Sher, rassom Bahriddin Shamsiddinov, vizajist Diana Yakusheva. Bu surattga olish guruhining asosini tashkil qiladigan ijodkorlar jamoasi edi. Klipda Lola bilan mashhur bir aktyor bosh rolda namoyon bo’ladi. Ammo, u kim ekanligi esa hozircha sir tutilmoqda. Bu haqida sizlarga ertaga ma’lumot berishga harakat qilamiz. Albatta, yangi fotosuratlar bilan! Hozircha esa birinchi suratga olish kunida tushirilgan fotolavhalarni e’tiboringizga tortiq etamiz.

 

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *