Lola va Dj Piligrim ijrosidagi duet «TMB» kanalida 1-o’rinda!!!
Lola va Dj Piligrim birgalikda ijro etgan «Yulduz» taronasiga ishlangan videoklip juda ham omadli chiqdi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Xabaringiz bor mazkur klip «Popcorn» taqdimotida sovringa loyiq deb topildi. Endilikda esa u Turk telekanallarida ham birinchilikda!!! Bugun bizga yetib kelgan qaynoq xabarlarga ko’ra Lola va Dj Piligrim ijrosidagi «Yulduz» taronasiga suratga olingan klip Turkiyaning «TMB» telekanalida birinchi pog’onani zabt etgan. Gapimiz tasdig’i sifati siz azizlarga «TMB» telekanalining rasmiy saytiga yo’llanmani taqdim etamiz. Marhamat www.tmb.tv manziliga tashrif buyurib, ushbu duet taronaga suratga olingan klip TOP 10talikni boshqarib borayotganligini ko’rishingiz mumkin. O’zbekiston nomini dunyoga tanitishda ozmi-ko’pmi o’z hissasini qo’shayotgan ijodkorlarga kelajakdagi ijodlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!!!