Lola va Dj Piligrim hayvonlarni himoya qilishga chorlaydi!
O’zbek estradasining ikki yorqin yulduzi avtoulovlarda ehtiyotkorlik choralarini ko’rish va himoya kamarlarini taqishni tavsiya etib klip suratga tushirishgan edi. Endi bu ikki yulduz dolzarb mavzularni davom ettirgan holda qarovsiz hayvonlarni himoya qilishga chorlab maxsus fotosuratlarga tushishdi!!!
Mazkur fotosuratlar endilikda 2015 yil uchun kalendar ko’rinishida sotuvga chiqarilishi ko’zda tutilgan. Bu kabi dolzarb mavzularga e’tibor xorij yulduzlari orasida juda ko’p uchrab turadi. Biroq, o’zbek yulduzlarida esa kamdan kam holatda ko’zga tashlanadigan bu holatda Lola va Dj Piligrim namoyon bo’lishi ham tahsinga sazovor. Ko’ramiz, bundan keyin Lola va Dj Piligrimdan yana qanday dolzarb mavzularga murojaat bo’lar ekan.