Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Lola «Unisef»ning xalqaro aksiyasida ishtirok etadi!
2 Dek, 2014

Lola «Unisef»ning xalqaro aksiyasida ishtirok etadi!

Lola UnisefO’zbek estradasining yorqin yulduzi Lola «Unisef» tashkiloti tomonidan uyushtirilayotgan yangi xalqaro aksiyada O’zbekiston nomidan rasman ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro hayriya tadbiri haqida batafsil ma’lumotni «Unisef» tashkilotining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

«Unisef»ning taklifiga ko’ra Lola jahonga mashhur Jon Lennonning «Imagine» taronasini ijro etadi va ushbu tarona uchun klip ham suratga tushirishi rejalashtirilgan. Jahon miqyosidagi taniqli ijodkorlardan birining taronasini rasmiy ravishda ijro etish aynan Lolaga topshirilganligini ham alohida e’tirof etish o’rinli. Bolalar huquqini, umuman bolalarni himoya qilish uchun qaratilgan «Unisef» tashkiloti tomonidan uyushtirilayotgan deyarli barcha tadbirlarda Lola faol ishtirok etayotganligini ham ta’kidlab o’tamiz. Bu bilan Lola ham bolajonlarni himoyasi uchun o’zining ozmi-ko’pmi hissasini qo’shayotgan bo’lsa ajab emas!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 606 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *