Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Lola — «Qaytmaydi» klipi voqealari va fotosuratlari!
24 Fev, 2013

Lola — «Qaytmaydi» klipi voqealari va fotosuratlari!

Lola - QaytmaydiSB.uz portalining yangi madhiyasida reja bo’yicha Lola ham qo’shiq kuylashi kerak edi. Biroq, aynan ovoz yozish kunida Lola betob bo’lganligi sababli yangi madhiyamizda ishtirok eta olmadi. O’sha kunlari Lolaning «Qaytmaydi» qo’shig’iga klip suratga tushirilayotgan edi va mazkur suratga olish jarayonida Lola muz ichiga tushib ketganligi ma’lum bo’ldi.

Shu sababdan portalimizning yangi madhiyasida Lola afsuski ishtirok eta olmadi. Ammo, betob bo’lishiga qaramay ovoz yozish jarayoniga tashrif buyurishga harakat qildi. Biroq, tana harorati yuqorilashib ketganligi sababli eng yaxshisi sog’ligini avval tiklab olishi lozim edi. Ayni damda Lolaning sog’ligi yaxshi va ijodiy ishlari bilan ovora. Kelajakda agar yana yangi madhiya yozsak, ushbu madhiyada Lola ham ishtirok etadi, nasib etsa. Hozir esa biz Lolaning yangi qo’shig’i «Qaytmaydi» taronasiga ishlangan klipni suratga olish jarayonidagi fotosuratlaridan sizlarga taqdim etmoqchimiz.»Qaytmaydi» klipini suratga olish ishlari Toshkentdan tashqarida -10 daraja sovuqda bo’lib o’tdi. Kun sovuq bo’libgina qolmay, kuchli shamol ham suratga olish jarayonini ekstrimal holatga olib keldi. Ayniqsa Lola uchun ancha qiyin sharoit bo’ldi. Zero, suratga olish jarayonida Lola oyoq kiyimsiz muz ustida yurishiga to’g'ri keldi. Muz u qadar qalin emas edi. Shu sababdan suratga olish jarayoning bir pallasida Lola turgan muz sinib ketdi va Lola beliga qadar suv ichiga tushib ketdi. Yaxshiyamki Lolaning yonida rejissor yordamchisi bor ekan, Lolani ushlab qolishga ulgurdi va suvdan olib chiqdi. Biroq, rejissor yordamchisining o’zi keyin suvga tushib ketdi. Bu orada suratga olish guruhining boshqa vakillari ham yetib kelib yordam ko’rsatishga ulgurdilar. Hammasi omadli yakun topdi. Keyingi suratga olish kunini biroz surishga to’g'ri keldi. Sababi, suratga olish jarayonida ko’pchilik shamollib qolgan edi, sog’ayib olish uchun ozgina vaqt kerak bo’ldi. O’z ishini ustalaridan tashkil topgan suratga olish guruhi oldida yana bir og’ir suratga olish kuni kutib turgan edi. Klipni Muhammadali Iskandarov hamda Yodgor Nosirov tandemi suratga oldi. Suratga olish kuning 2-chisida Yodgor Nosirov suv ostida turib ishlashi talab etilardi. 2 sotdan oshiq davom etgan suv ostidagi suratga olish ishlari Yodgor Nosirovdan katta kuchni talab etdi va buni uddasidan Yodgor chiqa oldi. Maxsus gidrokostyumda suratga tushirgan Yodgor Nosirov uchun bu qaysidir ma’noda ilk tajriba ishi bo’lsada, u o’z oldiga qo’yilgan vazifasini 100% ado eta oldi. San’at qurbonlik talab etadi, degan ibora haqiqat ekanligiga mazkur klipni suratga olish jarayonida yuz bergan voqealar isbot qila olsa ajab emas.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 917 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *