Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Noy, 2006

Lola qayerga g’oyib bo’ldi?

LolaO’zbek shou-biznesi olamida eng ko’zga ko’ringan yulduzlaridan biriga kiruvchi Lola negadir juda ham kamnamo bo’lib qoldi. Buning sababi nima ekan? U bu yil yakkaxon konsert dasturini taqdim etadimi yoki yo’qmi?Bu kabi savollar portal ma’muriyatiga juda ham ko’p kelmoqda. Xonandaning adminstratorlik ishlari bilan shug’ullanadigan «Tarona records» kompaniyasi ham hozircha Lola haqida hech qanday ma’lumot bermayapti. Bugungi kundagi eng dolzarb savol bu «Lola estradani tark etdimi?» degan savol bo’lsa ajab emas. Uning san’atiga qiziquvchilar nafaqat O’zbekistonda, balki xorijda ham ko’plab topiladi. Lekin bir narsa ayon Lola bu yil yakkaxon konsert dasturini taqdim etmaydi! Zero, konsertga tayyorgarliklar boshlangan bo’lganida allaqachon reklama roliklari TV, radio, gazeta va internet orqali berilgan bo’lar edi. Nima bo’lganda ham biz Lolani sevamiz va u estradani tark etmagan deb umid qilamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *