Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Lola ham klip olmoqda: «Love me»!!! (Fotoreportaj)
27 May, 2013

Lola ham klip olmoqda: «Love me»!!! (Fotoreportaj)

Lola - Love meMaftunkor xonandamiz Lola ham ko’p yulduzlarimiz qatori yangi klip suratga tushirish ishlari bilan ovora. Kecha, bugun va ertaga ham Lola o’zining yangi qo’shiqlaridan biriga klip suratga tushiradi. «Love me» deb nomlangan yangi qo’shiqqa ishlanayotgan klipni Yodgor Nosirov tasvirga tushirmoqda.

Klip turli joylarda suratga tushirilmoqda. Kecha Pedagogika Instituti oldida tasvirga olish ishlari bo’lib o’tgan bo’lsa, bugun shahrimizda joylashgan karaoke klublardan birida klip suratga tushirish ishlari davom etdi. Klip jarayonida Loladan bugungi rejada shahar tashqarisidagi bir uyda ham klipni suratga olish ishlari davom ettirilishi haqida bilib oldik. Bizda mo’ljallangan boshqa bir qator ishlar bo’lganligi sababli, ular bilan birgalikda shahar tashqarisida bo’ladigan suratga olish jarayonida ishtirok eta olmadik. Bugun siz azizlarga taqdim etayotgan fotosuratlar hamkorimiz «Asr media» studiyasi tomonidan SB.uz portali uchun maxsus tushirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 246 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. orginal va ajoyib fotolar uchun rahmat o`zi LOLA kliplari orginal va yengicha still va idea b.n yondashilgani b.n ajralib turadi va u son emas sifatni qadrlashini hurmat qilaman ijodiga omad ASR MEDIA va SB.UZ SAYTIGA HAM OMAD

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *